Rossiya hukumati mamlakatga Qozog‘istondan go‘sht, sut va hayvonlarni olib kirishni vaqtincha taqiqladi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Foto: Food / Mood

Mazkur taqiqqa Qozog‘iztonda hayvonlar orasida oqsil yuqumli kasalligi tarqalgani sabab bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat hududiga 12-yanvardan boshlab quyidagilarni import qilish taqiqlanmoqda:

  • kasallik tarqatuvchi virus yo‘q qilinishini kafolatlaydigan issiqlik bilan ishlov byerilmagan xom go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari;
  • Mazkur kasallikka moyil bo‘lgan tirik hayvonlar, shu jumladan, yovvoyi, tsirk va hayvonot bog‘i hayvonlari;
  • virusni yo‘q qilishni kafolatlaydigan texnologiya yordamida qayta ishlanmagan jun va tyeri.

Shuningdek, Qozog‘istondan kasallikka moyil bo‘lgan tirik hayvonlarni Rossiya orqali tranzit qilish ham taqiqlangan. Ma’lumot uchun, oqsil kasalligi hayvonlarning o‘ta xavfli virusli kasalligi bo‘lib, u odamlarga ham yuqishi mumkin.