2021-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,6 foizga yetadi.  Bu haqda Jahon bankining “Jahon iqtisodiy istiqbollari” nomli hisobotida keltirilgan.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Hisobot mualliflari 2021-yilda O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu o‘sish 5,6 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.

Qayd etilishicha, jahon iqtisodiyoti yangi COVID-19 shtammlari tarqalishi tahdidlari, shuningdek, inflyatsiya, qarz va daromadlar tengsizligining kuchayishi fonida aniq sekinlashuv davriga kirmoqda. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarning tiklanishiga xavf solishi mumkin.

Bank ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, global iqtisodiy o‘sish 2021-yildagi 5,5 foizdan 2022 yilda 4,1 foizgacha va 2023 yilda 3,2 gacha sekinlashishi mumkin.

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish 2022-yilda 3 foizga sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichning deyarli yarmi, sababi makroiqtisodiy siyosatning keskinlashishi va COVID-19ning takroriy avj olishi, shu jumladan uning omikron shtammi talabga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.