2020 yil 14 mart kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasida tabbiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi natijasida portlash sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Portlash oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafari tan jarohatlari olgan.

Shu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan vayronalar ostidan uchinchi qurbonning jasadi topilganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.

Mazkur holat yuzasidan 14.03.2020 yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidang o‘z vakolatlarini suist’emol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.