“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–80-son, 12.01.2022 y.) qabul qilindi.

farmon qaror Tasdiqlash kelishuv imzo
Foto: Sof.uz

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga (2013-yil 27-iyun, Marokash) qo‘shildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.