Italiya parlamenti deputatlari Marko Kampomenozi va Stefaniya Zambelli va ularning hamkasblari OAVda paydo bo‘lgan Xitoy go‘yoki “ongni boshqarish” uchun qurol ishlab chiqarayotgani haqidagi xabarlardan xavotirligini bildirdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Xabarda yozilishicha, AQSh Xitoy harbiy tibbiyot akademiyasi va unga tegishli 11ta biotexnologiya tadqiqot institutlarini Xitoy armiyasiga ushbu qurollarni yaratishda yordam bergani uchun qora ro‘yxatga kiritgan.

Deputatlar Campomenosi va Zambelli AQSh rasmiylarining Xitoy “biotexnologiyaning so’nggi ishlanmalarini armiyaga yanada tatbiq etish yo’llarini ishlab chiqayotganini” aytgan bayonotlarini keltirgan.

Bu genlarni tahrirlash, insonning ishlashi va miya-kompyuter interfeyslarini yaxshilash haqida bo’lgan.

Bu bayonot fonida yevropalik parlamentariylar Yevrokomissiyadan Xitoyga qo‘yilgan ayblovlar haqida hozir nima ma’lum va agar ma’lumot tasdiqlansa, EK biron-bir chora ko‘rmoqchimi yoki yo‘qligini so‘rashgan.