Qozog‘istondagi KXShT tinchlikparvar missiyasida ishtirok etayotgan qirg‘izistonlik harbiy xizmatchilar 14-yanvar kuni o‘z vatanlariga qaytadi, deb xabar qildi bugu Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Sputnik

Qirgʻiziston Respublikasi qurolli kuchlarining tinchlikparvar harbiy kontingenti 14-yanvar kuni Olmaotadan doimiy joylashtirish punkti – Toʻqmoqqa yetib boradi”, — dedi matbuot xizmati vakili.

KXShTning Qozog‘istondagi tinchlikparvar missiyasida 150 nafar qirg‘izistonlik harbiy va 19 birlik texnika ishtirok etgan. Olmaotada ular strategik obyektlarni qo’riqlashni o’z zimmalariga olganlar.