Toshkent shahrida tadbirkordan 19 000 AQSh dollari talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: RBK

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “C.L.” xususiy korxonasi rahbari T.M. va boshqalar “S.L.” korxonasining tamaki mahsulotlarini o‘zlarining korxonasi nomidan O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilib yuborish evaziga korxona vakili V.dan 19 000 AQSh dollari talab qilib, aks holda yuklarni O‘zbekiston hududidan ortga qaytarib yuborish va shu orqali mulkka zarar yetkazish bilan qo‘rqitib, talab qilingan 19 000 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.