Kecha, 12-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202 473 (+714) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 387 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Andijon viloyatida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 26 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 1 nafar,
  • Samarqand viloyatida 21 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 13 nafar,
  • Xorazm viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent viloyatida 31 nafar,
  • Toshkent shahrida 68 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197703 (+228) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi.