O‘zbekistonda aholi soni har kuni qariyb 2 ming kishiga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021-yilda doimiy aholi soni 712,4 ming kishiga oshgan. 

Foto: Adliya vaziri matbuot kotibi Telegram kanali

Qayd etilishicha, mamlakat aholisi 2021-yil davomida har oyda o‘rtacha 59,4 ming kishiga ko‘paygan.

2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan, deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq, 2022 -yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35 271 276 kishini tashkil etayotgani xabar berilgandi.

Shahar joylarda – 17,9 million kishi, qishloq joylarda – 17,4 million kishi istiqomat qiladi.