AQSHning ikki harbiy maslahatchisi Ukraina Mudofaa vazirligida doimiy va rasmiy asosda ish boshladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa siyosati boshqarmasi ma’lum qildi.

Fot: Google

“2022-yilning 11-yanvaridan amerikalik maslahatchilar Kris Rizzo va Todd Braun Ukraina Mudofaa vazirligining Mudofaa siyosati boshqarmasida doimiy asosda ishlay boshladi”, – deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, amerikaliklar Ukraina hukumatiga mamlakat mudofaasi va Yevro-Atlantika integratsiyasi bo‘yicha maslahat beradi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi boshida AQSh va Ukraina rahbarlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qilgandi. Unda Amerika yetakchisi Ukraina chegarasidagi vaziyat yomonlashsa, Vashington va uning ittifoqchilari “hal qiluvchi javob” berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.