FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 13-yanvar soat 08:00dan 14-yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Foto: Google

“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, – deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 13-yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.