O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi horij mamlakatlaridagi o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini imtihonsiz “perevod” qilish haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Foto: Google

Ma’lum bo’lishicha bunday ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi, hozirda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha alohida imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan. Vazirlik mutasaddilarining ta’kidlashicha, faqat uzrli sabablar bo‘lgan taqdirdagina o‘qishni ko‘chirish mumkinlagi aytilgan.

Hozirda talabalar uzrli sabablarsiz o‘qishini ko‘chira olmaydi. Chunki O‘zbekistonda fuqarolar “perevod” bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Qozog‘istondagi holat o‘qishni ko‘chirishda davlat tomonidan imtiyoz berilishiga sabab bo‘lmasligi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun 2021-2022 o‘quv yilida uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar soat 09:00dan 17:00gacha ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Quyida sabablar orqali muddatidan oldin o‘qishni ko‘chirish holatlari yozilgan:

  • Respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chganda;
  • Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
  • Ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda;
  • Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekistonga “perevod” qilishning o‘tish bali 66,1 etib belgilangan.

Ma’lumot uchun avvalroq, Qozog‘istonda tahsil oladigan o‘zbek talabalarining 35 nafari O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.

“O‘tgan haftada ko‘plab o‘zbekistonliklar qo‘shni Qozog‘istondagi voqealarni xavotir bilan kuzatdi. Ba’zilar esa o‘sha paytda bu mamlakatda bo‘lgan yaqinlarining hayotidan xavotr oldilar. Ular orasida Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor edi. Shu kunlarda ota-onalar farzandlarining taqdiridan xavotirda edi. Lekin Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy siyosati, respublika fuqarolariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi tufayli farzandlarimiz bir-ikki soatdan keyin Toshkentda bo‘ladi. Ayni damda ushbu universitetning barcha talabalari samolyotda uchib kelmoqda, ular Toshkent yuridik universitetiga olib kelinadi, talabalarni u yerda ota-onalar kutib oladi”, — degan universitet talabalari ota-onalar qo‘mitasi raisi To‘ra To‘rayev.