Argentinada jazirma issiq hukm surmoqda — termometrlar ko‘rsatkichi +45° darajagacha chiqib ketdi.

Foto: Google

Ayni paytda Argentina sayyoramizdagi eng qaynoq hududlardan biriga aylangan. Poytaxt Buenos-Ayres va tevarak-atrofida favqulodda issiq tufayli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, yuz minglab odamlar chiroq o‘chishi va konditsionerlar ishlamasligidan qiynalmoqda.

Buenos-Ayresda taxminan 743 mingta uy xo‘jaligi elektr energiyasiz qolgan. Bu uzilish suvni tozalash tizimining buzilishiga ham olib keldi.

Juda yuqori harorat hafta davomida saqlanib turishi kutilyapti. Argentinada navbatdagi ob-havo rekordlari o‘rnatilishi mumkin.