Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini mamlakat ruxsatisiz 60 foizga qisqartirganini da’vo qilmoqda.

Foto: Google

Hozirgi holatda Afg‘oniston kamida ikki-uch kun ichida energiya qabul qiladi. O‘zbekiston tomonining xabar berishicha, ta’mirlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi.

Ayni paytda, DABS elektr energiyasi importining qisqarishi mamlakatning 16 viloyatida elektr quvvati tugab borayotganini va butun mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan o‘chirishlar sodir bo‘layotganini ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni texnik sabablarga ko‘ra qisqartirgan edi. Biroq oradan bir kun o‘tib, elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etilgandi.

O’tgan yilning oktabr oyi oxirida Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekistonga elektr energiyasi bo‘yicha qarzlarini to‘liq qoplash majburiyatini olgan. Unga ko’ra, mamlakatda bank tizimi faoliyati va muvaqqat hukumatning tan olinishi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgach, qarzni tezda to‘lashga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Afg‘onistonning qo‘shni davlatlardan, jumladan, O‘zbekistondan ham elektr energiyasi uchun qariyb 62 million dollar qarzi bor.