Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida joriy yilning 11-yanvar kuni Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yer sotish holatining oldi olindi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Foto: Google

Urgut tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari, 1976-yilda tug‘ilgan J.Q. fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 50 sotix lalmi yer maydonini 1998-yilda tug‘ilgan B.A. orqali mahalliy fuqaroga 65 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu mablag‘ning 30 ming dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.