2020/21 o‘quv yilidan boshlab sport zali mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta maktablarda qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylari)da o‘tiladigan “Jismoniy tarbiya” darslari 10 hafta davomida 5–10-sinflarda haftasiga 2 soatdan 1 soatgacha kamaytirilgan edi.

Foto: Google

11-yanvar kuni mazkur tartibni bekor qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishi jarayonlarini takomillashtirish to‘g‘risida xalq ta’limi vazirining buyrug‘i imzolandi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, buyruq asosida o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablarida qishki davrda ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitilishi belgilandi.

2021-2022 o‘quv yilining 3-choragidan boshlab sport zali mavjud bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 (ikki) soatdan o‘qitiladi.

Vazirlikga ko’ra, O‘zbekistonda 2245ta maktabda sport zali mavjud emas.