O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq vaksina olganlar qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishlari mumkin.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, emlanganlar o‘rtasida bonusli o‘yinlar tashkil etiladi. Ayni paytda mazkur tashabbus yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov raisligida o‘tkazilgan mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, xususan, emlash jarayonlarini keng yoritish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilda O‘zbekiston aholisining tegishli qatlamini emlash uchun 39 203 933 doza vaksina qo‘llanilgan.