Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

1987-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan “J.X.” 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta’siriga tushib qoladi.

Natijada “J.X.” ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlagan.

Shuningdek, u jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, kecha Farg’onada “Islom davlati” terroristik tashkiloti tarafdori ushlangani xabar berilgandi.