Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 8-yanvar kuni T.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning oktabr oyida nomaʼlum ismli ayol Oybek MFY hududida ishonchiga kirib, arzon narxda piyoz mahsulotlarini olib kelib berishini aytib, undan 135 mln. soʼm pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʼli bilan pullarni qoʼlga kiritganligini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanganva hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.