Shu yilning 10-yanvar kuni Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi soydan dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkakning murdasi topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Xususan, voqea 10-yanvar kuni soat 12:15 atrofida shaharning Lashkarak MFYda joylashgan eski Angren IESga qarashli dam olish maskani hududida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, maskanning pastki tomonidan oqib o‘tuvchi soyga dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkak A.R.ning muzlagan jasadi topilgan.

Hodisa joyiga shahar prokurori o‘rinbosari, shahar prokuraturasi katta tergovchisi, shahar IIB boshlig‘i hamda tezkor guruh xodimlari yetib borgan.

Qayd etilishicha, 10-yanvar kuni yilda ushbu holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, R.A.ning o‘limiga “Umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta’sirida organizmni umumiy sovuq qotishi, miya va o‘pki shishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi” sabab bo‘lgani aniqlangan.