Olmaotada oʻtgan sutka davomida teraktlar, talonchilik va boshqa jinoyatlarda ishtirok etgan 1 678 kishi qoʻlga olindi, deb xabar qildi 11-yanvar kuni shahar komendaturasining axborot markazi.

Foto: Izvestiya

“Jami 1 678 nafar noqonuniy xatti-harakatlar, talonchilik va boshqa jinoyatlar ishtirokchisi qoʻlga olindi. 36 dona oʻqotar qurol va 1 476 dona oʻq-dorilar olib qoʻyildi”, — deyiladi komendatura xabarida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alatau va Medeu tumanlaridagi hududlar terrorchi guruhlardan tozalangan.

Bundan tashqari, shahar atrofida o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punktlarida 38 nafar shaxs qo‘lga olingan.

“102 operatoriga bor-yo‘g‘i 881ta xabar kelib tushgan, qo‘mondonlik markazining qo‘ng‘iroqlar markaziga fuqarolardan 136ta signal kelib tushgan, ular tezkorlik bilan javob berishni talab qilganlar. Barcha xabarlar ko‘rib chiqildi”, – deyiladi xabarda.

Favqulodda holat tartibini buzganlik uchun 114 nafar shaxsga nisbatan Respublika Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 476-moddasi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Sud qarori bilan 108 nafar shaxs maʼmuriy qamoqqa olingan.