Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi va Senat sobiq raisi Darig‘a Nazarboyeva koronavirusga chalindi.

Foto: RIA Novosti

“U kasallik ta’tilida”, degan quyi palata vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nazarboyeva ayni damda Olmaotadagi uyida.

Necha kundirki Darig‘a Nazarboyeva ommaga ko‘rinish bermay kelmoqda.

Qozog‘iston Majlisi (parlament quyi palatasi) matbuot xizmati ham Nazarbayevaning davolanish ta’tilida ekanligini va shuning uchun yig‘ilishda ishtirok etmaganini tasdiqladi.