Janubiy Afrika shimolida avtobus va suv tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun Janubiy Afrikaning SABC radiostansiyasi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Hodisa 11-yanvar kuni kechqurun katta magistral yo‘lda sodir bo‘ldi”, – degan Limpopo provinsiyasi yo‘l harakati xavfsizligi matbuot kotibi Mayk Maringa.

Suv tashuvchi avtomobil bilan to‘qnashuvi natijasida avtobus yonib ketgan va salonidagi 17 nafar yo‘lovchi chiqolmagan. Suv tashuvchi avtomobil haydovchisi ham vafot etgan.

Maringning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz kishi tirik qolgan va ulardan olti nafari og‘ir jarohat olgan.