Holat yuzasidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Google

Andijon viloyatida shu yil 8-yanvar kuni soat 21:40larda Xonobod shahar Ozodlik ko‘chasida yashovchi 27 yoshli X.Z., Andijon viloyati 102-raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unga tegishli bo‘lgan “MATIZ” rusumli avtomashinasini Xonobod shahar Yuksalish MFY markazidagi yo‘l chetidan nomaʼlum shaxs tomonidan olib qochilganligi haqida xabar berib, avtomashinani topishda hamda transport vositasini olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov tezkor ishlari natijasida, bir oz vaqt o‘tmasdan olib qochilgan “Matiz” rusumli avtomashina Bunyodkor MFY Buyuk Zamin ko‘chasida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib ushlangan. Qonunbuzarning shaxsiga oydinlik kiritilganda, ushbu shaxs Xonobod shahar Yuksalish MFY yashovchi 34 yoshli A.U. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Qonunbuzar bilan bir qator tergov harakatlari o‘tkazilganda, u 8-yanvar kuni spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, avtomashinani ochiqligidan va kaliti o’zida qoldirib ketganligidan foydalanib, olib qochib ketganligi bildirgan.