Tanzaniya shimolida yengil avtomobil hamda mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 14 nafar odam halok bo‘ldi, qurbonlar orasida 6 nafar jurnalist ham bo‘lgan. Bu haqda Busege okrugi politsiya bo‘linmasi rahbari Gabriel Zakariya ma’lum qilgan.

Foto: The Citizen

Voqea joyida YTH ishtirokchilarining 11 nafari halok bo‘lgan, yana uch nafar jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Jurnalistlar Simiyyu viloyatiga tanishuv sayohatini amalga oshirayotgandi. YTH oqibatida ITV telekanalining ikki nafar xodimi, ikki nafar jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassislari, Habari Leo nashri ishchisi va ularning haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.

“Men bugun tongda Mvanza avtokollanasidagi mashinaning yo‘nalish taksisi bilan to‘qnashuvi oqibatida 14 nafar odamning, xususan 6 nafar jurnalistning o‘limidan chuqur qayg‘udaman. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga, jurnalistlarga hamdardlik bildiraman”, deb yozgan Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu Hasan Twitter’da.

Yo‘l-transport hodisasiga nima sabab bo‘lgani va u qanday sharoitda kelib chiqqani politsiya tomonidan aniqlashtirilmoqda.