Qozog‘iston hukumatining yangi tarkibi prezident ishonchini oqlashi va mamlakatni tartibsizliklardan keyin yuzaga kelgan keng ko‘lamli inqirozdan olib chiqishi kerak, dedi Qozog‘iston yangi bosh vaziri Alixan Smailov.

Foto: O’zA

Prezideng Smoilovga 20-yanvargacha 2022-yilga mo‘ljallangan harakat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan.

“Butun mamlakat uchun og‘ir pallada davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini oqlashimiz kerak. Yangi hukumat Prezident tomonidan qoʻyilgan aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va pandemiyaga qarshi turish, terroristlar va talonchilar tomonidan yetkazilgan ulkan zararni qoplash, mamlakatni buzgʻunchilikdan olib chiqishga qaratilgan vazifalarni bajarish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishi kerak. Bular juda murakkab va keng ko‘lamli vazifalar, hozirgi sharoitda hech bir hukumat zimmasiga tushmagan”, degan janob Smoilov hukumat yig‘ilishida.

Yig‘ilishda shuningdek, unga ilk bor qo‘shilgan hukumat a’zolari qasamyod qilgan.

Bosh vazir prezident uch hafta ichida 2022-yilga mo‘ljallangan hukumat harakat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berganini aytib o’tgan.

“Dasturda rejalashtirilgan chora-tadbirlar joriy yilda amalga oshirilishi va yuqori saviyada ishlab chiqilishi kerak. Milliy iqtisodiyot vazirligiga 20-yanvargacha dastur loyihasini ishlab chiqib, hukumatga taqdim etishni topshiraman”, dedi janob Smoilov.

Ma’lumoot uchun, yanvar oyi boshida Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan. Keyinchalik harakatlar tartibsizliklarga aylanib ketgan. Namoyishchilar talabi bilan Qozog‘istonning o‘tgan hukumati iste’foga chiqgan so’ng, avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Alixon Smoilov yangi bosh vazir etib tayinlangan.