Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Buxoro viloyatining Qorovulbozor va Peshko‘ tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi Omma.uz’ga ma’lum qildi.

Foto: Uzreport

Unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Hikmatov Shuhrat Shabanovich Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

Sh.Sh. Hikmatov tayinlovga qadar Buxoro viloyati Peshko‘ tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Qurbonov Sobir Sultonovich Buxoro viloyati Peshko‘ tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

S.S. Qurbonov tayinlovga qadar Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani prokurori lavozimida ishlagan.