O’zbekistan Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Fransiyada bo’lib turgan O’zbekiston fuqarolariga qator tavsiyalar bilan chiqdi. Bu haqida vazirlikning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonning Parij shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra COVID – 19 yangi tipdagi koronavirusi bilan kasallanganlar sonining tez sur’atlarda o‘sib borayotgani munosabati bilan Fransiya rasmiy idoralari yangi ko‘rsatma qabul qilinguniga qadar 2020 yilning 16 martidan barcha ta’lim muassasalarini (bog‘chalar, maktablar va universitetlar) yopmoqda, boshqa choralar ham ko‘rilmoqda.

Mamlakatimiz Elchixonasi Fransiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi tavsiyalar bilan murojaat qildi:

  • ehtiyot choralarini ko‘rish;
  • o‘tkir respirator kasalikka chalingan insonlar bilan aloqada bo‘lishni cheklash;
  • ko‘p odam yig‘iladigan joylarga borishdan cheklanish;
  • diqqatni va ogohlikni oshirgan holda, fransuz hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga amal qilish;
  • tarkibida spirt moddasi bo‘lgan suyuqlik vositalari yoki sovun bilan qo‘llarni muntazam ravishda yuvib turish;
  • jamoat joylarida boshqalardan kamida 1 metrlik masofada turish, ayniqsa ularda yo‘talish, burun oqish va yuqori tana harorati alomatlari aniqlanganda;
  • imkon qadar og‘iz, burun va ko‘zni ushlamaslik;
  • nafas olish gigiyenasiga amal qilish. Yuqori tana harorati, yo‘tal va nafas olishning qiyinlashishi holatlarida 15 (SAMU 15) raqamiga ko‘ng‘iroq qilib, tezkor tibbiy yordamni chaqirish tavsiya etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Fransiya, Monako va Andorra hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Parij shahridagi Elchixonasi huzuridagi Ishchi guruh a’zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:

Furqat Kadirov, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, +33187866491
Hamidjon Hoshimov, Konsul, birinchi kotib, +33153300355
Shavkat Toshev, Uchinchi kotib, +33153300354
Sardor Salimov, Attashe, +33187866490
Otabek Ungbayev, “Uzbekistan Airways” AJning Parij shahridagi vakili, +33145224550

Elchixonaning internet-resurslari:
Veb-sayt: https://ouzbekistan.fr
Elektron pochta: contact@ouzbekistan.fr
Facebookdagi sahifa: https://www.facebook.com/ouzbekistan.fr/
Telegramdagi guruh: «France-uz»

Elchixona manzili:
22, rue d’Aguesseau, 75008, Paris, France
Telefon: +331-53-30-03-53