AQSh “xavf ostida” bo’lgan mamlakatga yordam ko’rsatish doirasida Ukrainaga radar tizimi va dengiz uskunalarini yetkazib beradi, deb yozadi Politico gazetasi.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, Qo’shma Shtatlar Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi harbiy yordam doirasida mamlakatga radar tizimi va dengiz uskunalarini topshiradi. Nashr Ukraina prezidentining maslahatchisi Vladimir Zelenskiy va vaziyatdan xabardor manbaga ishora qilmoqda.

CNN ma’lumotlariga ko’ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati o’tgan dekabr oyida yashirincha ushbu qarorni ma’qullagan.

Ushbu yordam yetkazib berishning aniq qachon boshlanishi haqida aytilmagan. Zelenskiy maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni bu haqda dekabr oyida “yuqori darajada” ma’lum qilingan.

“Rossiyaga butun harbiy kuchini ishga solgan holda keng ko’lamli bosqinni amalga oshirish mumkin deb hisoblasa, yordam Ukrainaga “Rossiyaga qo’shimcha zarar etkazish imkonini beradi, ammo buning yo’nalishini o’zgartirmaydi”, – deb yozadi Politico.