Kecha, 11-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201759 (+604) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 11 nafari Andijon viloyatida;
  • 7 nafari Buxoro viloyatida;
  • 41 nafari Jizzax viloyatida;
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 4 nafari Navoiy viloyatida;
  • 3 nafari Namangan viloyatida;
  • 42 nafari Samarqand viloyatida;
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 17 nafari Xorazm viloyatida;
  • 97 nafari Toshkent viloyatida;
  • 331 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 14 nafar;
  • Buxoro viloyatida 6 nafar;
  • Jizzax viloyatida 36 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar;
  • Samarqand viloyatida 40 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar;
  • Xorazm viloyatida 22 nafar;
  • Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197475 (+167) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1505 nafarni tashkil qildi.