Bu haqida aviakompaniyaning axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Uzbekistan airways

Latviya hukumatining 17 martdan boshlab mamlakat chegarasi bo’ylab yer va havo yo’lovchi tashishni taqiqlash to’g’risidagi qaroriga muvofiq, 16 mart kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Toshkent yo’nalishi bo’yicha yakuniy qatnovni amalga oshiradi. 17 martdan boshlab aviakompaniyaning ushbu yo’nalishdagi barcha qatnovlari bekor qilingan.

Batafsil ma’lumot uchun +998781400200 raqami orqali Yagona aloqa markaziga murojaat qiling, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, sal avval “Uzbekistan Airways”ning mart – aprel oylaridagi qator aviaqatnovlari bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.