Chilining Ikike shahrida kuchli yong‘in oqibatida kamida 100ta uy-joy butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Google

Chili shimolidagi Ikike shahrida kambag’allar va qochqinlar yashaydigan mahallaning katta qismi yong’in natijasida vayron bo’ldi. Qayd etilishicha, o‘t o‘chirish mashinalari kulbalar orasidagi masofa juda tor bo‘lgani uchun o‘ta olmagan, shu bois o‘t o‘chiruvchilar kazarmalar orasiga xavfsizlik devori bilan siqib chiqqan.

Yong‘inning keng tarqalishiga ikkinchi sabab bu aholi punktida suv yo‘qligi bo‘lgan.

Mahalliy hokimiyat vakillarining xabar berishicha, qurbonlarning yakuniy sonini aniqlash qiyin, chunki ko‘plab shahar aholisining hujjatlari yo‘q bo’lgan.