Saudiya Arabistonida dunyoda birinchi marta tuyalar uchun “Rest Assured” mehmonxonasi ochildi. Bu haqda “Gulf News” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum qilinishicha, mehmonxona 120ta “xona”dan iborat bo‘lib, unda 50dan ortiq odam xizmat qiladi. xodimlar hayvonlarni parvarish qilish, tozalash va himoya qilishni taklif qiladi. Besh yulduzli xizmatlarga oziq-ovqat va iliq sut ham kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, kunlik to‘lov bir kecha uchun taxminan 400 Saudiya rialini (taxminan 106 dollar) tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida tuyalar mashhur hayvonlar bo‘lib, hozirda qirollikda oltinchi marta Qirol Abdulazizning tuya festivali o‘tkazilmoqda.