Joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Foto: Google


Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat davomida Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni birgalikda izchil amalga oshirish, ochiqlik, an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ko‘p qirrali strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishni davom ettirish ta’kidlangan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev hukumat rahbarligiga 49 yoshli Smailov Alixan Asxanovich nomzodini ilgari surib, Bosh vazir lavozimiga tayinlagani haqida xabar bergan edik.