O‘zbekistonga “omikron” kirib kelishi ortidan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalari joriy qilinmoqda.

Foto: Gazeta

Unga ko‘ra:

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida COVID -19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etiladi;
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi; 
  • ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);
  • yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;
  • mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning “omikron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlangan edi.