Sharqiy Afrikada joylashgan Keniyada yuqori voltli elektr uzatish liniyasidagi uzilish sababli deyarli butun mamlakat elektr tokisiz qoldi.

Foto: Google

Poytaxt Nayrobi hamda qator viloyatlarda elektr toki o‘chgan.

“Kenya Power” davlat kompaniyasi ma’lum qilishicha, Tana daryosidagi Kiambere GESdan milliy tarmoqqa elektr uzatuvchi Kiambere – Embakasi uchastkasining 220-kilometrida  mahalliy vaqt bilan soat 10:45 atrofida ustunlarning qulab tushishi hodisaga sababchi bo‘lgan.

Kompaniya tiklanish ishlari ketayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Keniya hududi — 580,367 kvadrat kilometr, aholisi — salkam 55 million kishi.