Xitoyning Chunszo shahrida fermerning qochib ketgan tuyaqushlari shahar ko‘chalari va maydonlari bo‘ylab “poyga uyushtirdi”. Bu haqda SGTN xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Qushlar mahalliy tuyaqushchilik fermasiga qarashli bo‘lgan. Darvoza ochilib qolgani sababli 80dan ziyod tuyaqushlar ko‘chaga qochib chiqqan.

Politsiya yordamida aksariyat qushlar fermaga qaytarilgan. Hodisa payti talafotlar bo‘lmagani aytilmoqda.

Tuyaqushlar asosan sabzavotlar bilan oziqlanadi va vazni 100 kilogrammdan oshadi. Mahhliy fermada 300dan ortiq tuyaqush boqilayotgan bo‘lgan.