Mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 61,5 millionga yaqinlashgan. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.

Foto: RBK

AQShda oxirgi sutkada COVID-19’ga chalinish bilan bog‘liq 1,3 milliondan ortiq holat aniqlandi.

Telekanalning ma’lumot berishicha, o‘tgan sutkada 1 mln. 343 ming 167 ta holat qayd etilgan.

Kanal hisob-kitobiga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish holatlari soni 61,5 millionga yaqinlashgan.

Avvalgi rekord yanvar boshida qayd etilgandi. Jons Hopkins universiteti mamlakatda bir sutkada 1 million 82 ming holat aniqlangani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.