Namangan shahridan Rossiyaning 8ta shahriga 30-yanvardan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar qildi.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, parvozlar “Uzbekistan Airways Express” havo kemalarida to‘liq ekonom formatida tashkil etiladi. Samolyotlar Rossiyaning Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburg shaharlariga qatnovlarni amalga oshiradi.

30-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” Airbus 320 havo kemasida to‘g‘ridan to‘g‘ri Namangandan Permga ilk aviaqatnovni uyushtiradi. Namangan—Perm yo‘nalishi uchun chiptalarni 1 million 656 ming 217 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Moskvadan uchgan samolyot “ko‘richak” sabab Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngani haqida xabar bergan edik.