Buxoroda shifokor fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga undan 1000 dollar pora olayotganda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: RBK

Qayd etilishicha, RShTYoIM Buxoro filialining uzoq yillik tajribaga ega shifokori R.X. fuqaro N.N.ni vakolatli tanishlari orqali filialga hamshiralik ishiga kiritish evaziga undan 1000 AQSh dollari pora talab qilgan.

Fuqaro arizasiga ko‘ra 9-yanvarda viloyat IIB hamda departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan va shifokot tibbiy muassasa yaqinidagi hududda kimyoviy ishlov berilgan 1000 dollarni fuqaro N.N.dan olayotganida qo‘lga olingan.

Ayni damda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.