AQSh Afg‘onistonga gumanitar yordam sifatida qo‘shimcha 308 mln. dollar va koronavirusga qarshi bir million doza vaksina ajratadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

“Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam sifatida 308 mln. dollardan ortiq xayriya ajratilishini e’lon qiladi”, – deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, AQSh shuningdek, COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 1 mln. doza vaksina taqdim etadi.

Avvalroq BMT Afg‘onistonda qishda ochlikdan million bola nobud bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi.