Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chiroqchi tumanida “Nexia” avtomobili yonib ketganligi bo‘yicha YHXBB ma’lumot berdi.

Foto: Skrinshot

Unga ko’ra, bugun soat 14:55larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan “Yettitom-G‘uzor” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida, haydovchi, 1985-yilda tug‘ilgan A.X. “Nexia” rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining “dvigatel” qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi xabarda.