Avvalroq KXSHTning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etgan Belarus Prezidenti Qozog‘istondagi vaziyatdan avvalo O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligini, ekstremistlar diqqati Markaziy Osiyoning o‘rtasidagi davlatga qaratilganini aytgan edi.

Foto: RBK

Rossiya Oʻzbekistonda “Qozogʻiston senariysi” takrorlanish ehtimoli masalasini muhokama qilishda ishtirok etmayapti. Bu Minsk va Toshkent oʻrtasidagi muloqot mavzusi, degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.

“Toʻgʻrirogʻi, bu Minsk va Toshkent oʻrtasidagi muloqot mavzusi. Shu rakursda biz bunda ishtirok etmayapmiz”, degan Peskov.

Eslatib o’tamiz, kecha Lukashenkoning bu gaplarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bee’tibor qoldirmagani haqida ham aytgan edik.