Bu haqda Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Yandex

“Institutga moliyaviy mustaqillik berildi. Endi to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish bo‘ladimi? Bu bo‘yicha qaror — 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul qilinadi. Bu yil ikkinchi semestr uchun narxlar o‘zgarmaydi.

Biz keyingi yildan boshlab super-kontraktga talaba qabul qilishdan voz kechishga harakat qilamiz. Chunki biz ta’lim sifatiga asoslangan “brend” yaratishni maqsad qilganmiz.

Shu bois faqat iqtidorli va ishlab chiqaruvchilarga ma’qul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz”, deya ta’kidlagan rektor.