Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li — bosh vaziri o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda “Turkmenportal” xabar berdi.

Foto: RBK

Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida Turkmaniston–O‘zbekiston hamkorligini iqtisodiy sohada kengaytirishga oid uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Rashid Meredov va Abdulaziz Komilov 10-yanvar kuni telefon orqali uchrashuvni muhokama qilgan.

Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi suhbat chog‘ida ikki davlat strategik hamkorligining bugungi holati va har tomonlama rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashgan. Davlat rahbarlari o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlar ijrosining borishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o’tamiz, kecha Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik.