Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun parlamentga yo‘llagan murojaatida hukumat a’zolari, hokimlar va deputatlarning oyligini 5 yilgacha oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi.

foto: Google

O‘z nutqida Yangi Qozog‘iston qurish haqida gapirar ekan, hukumatdagi avvalgi rahbariyat xalqni uzoq vaqt qiynab kelganini ta’kidlagan. Shuning uchun ham mamlakatga Alixan Smoilov yangi bosh vazir etib tayinlangan.

Shuningdek, prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha aniq ishlar qilinishini, narxlar oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev hukumat rahbarligiga 49 yoshli Smailov Alixan Asxanovich nomzodini ilgari surib, Bosh vazir lavozimiga tayinlagani haqida xabar bergan edik.