Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tadbirkorning 1000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan korxona rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.T.” AJ rahbari U.D. tadbirkor Sh.ning ishonchiga kirib, korxonaning 1,2 mlrd. so‘mga baholanib, auksion orqali sotuvga qo‘yilgan ishlab chiqarish binosini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali arzon narxda olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida U.D. tomonidan 1 000 AQSh dollarini ixtiyoriy qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.