Shimoliy Koreya 11-yanvarga o‘tar kechasi Yapon dengizi tomon yana bir noma’lum snaryadni uchirdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.

Foto: Google

Pxenyan tomonidan navbadagi snaryadning uchirilgani haqida Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, NHK telekanalining Yaponiya sohil xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, gap ballistik raketa uchirilgani haqida ketmoqda, shu munosabat bilan yapon hukumati favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Ayni vaqtda harbiylar raketa parvozining uzoqligi va balandligini tahlil qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya tomonidan yana bir raketani AQSh, Albaniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Fransiya va Yaponiya BMTga KXDR 5-yanvar kuni ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini qoralab, murojaat qilganidan so‘ng uchirgandi.

“Biz KXDR tomonidan oxirgi raketa uchirilishini qoralaymiz. KXDR tomonidan 5-yanvar kuni uchirilgan ballistik raketa BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzishning yorqin misolidir”, — deyiladi hujjatda.

Yuqorida tilga olingan davlatlar vakillari Pxenyanni raketa dasturidan voz kechib, Koreya yarimorolini to‘liq yadrosizlantirish bo‘yicha muzokaralarga kirishishga chaqirgan.