Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerxove “delta” va “omikron” koronavirus shtammlarining taxminiy gibridini laboratoriya xatosi natijasida yuzaga kelishi mumkinligini taxmin qildi.

Foto: Google

“‘Deltakron’ shtammi sekvensiya paytida ifloslanish natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin”, deb yozgan Kerxove o‘zining Twitter akkauntida.

Mutaxassis “deltakron” atamasini “flurona” yoki “fluron” kabi turli viruslarning bir vaqtning o‘zida aylanishi sifatida qo‘llanmaslikni so‘radi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, ular “viruslar yoki shtammlarning kombinatsiyasini anglatadi va bu sodir bo‘lmaydi”.

Kerxove koronavirus va grippga qarshi emlashni, masofani saqlashni, niqob kiyishni, olomondan saqlanishni va binolarni muntazam ravishda havosini almashtirishni tavsiya qilgan.

Shanba kuni Kipr universitetining Biotexnologiya va molekulyar virusologiya laboratoriyasi rahbari Leontios Kostrikisning aytishicha, u rahbarlik qilayotgan tadqiqot guruhi orolda “delta” va “omikron” shtammlari gibridi bo‘lgan koronavirusning yangi turini topdi. Tadqiqotchilar yangi shtammga “deltakron” deb nom berishgandi.