AQSh Qozog’istonga koronavirus tarqalishining oldini olish uchun insonparvarlik yordamini ko’rsatdi. Bu haqida AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Facebook / Usembassy.Nursultan

“Amerika xalqidan Qozog’istonga”, deyilgan xabarda.

13 mart kuni COVID – 19 virusining potentsial tarqalishini oldini olishga yordam berish doirasida USAID va JSST vakillari Qozog’iston hukumatiga insonparvarlik yordamini yetkazishdi”, – deyiladi xabarda.

Foto: Facebook / Usembassy.Nursultan

Shu yilning fevral oyi boshlarida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika boshqa mamlakatlarda COVID – 19 bilan kurashish uchun 100 million dollardan ko’proq mablag ajratayotganini aytgan edi.

2 mart kuni AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) koronavirus bilan kasallangan yoki virus tarqalish xavfi ostida bo’lgan 25 mamlakatga 37 million dollar ajratishini e’lon qildi. Mablag’lar laboratoriyalarning ishini optimallashtirish, xavflar to’g’risida ma’lumot almashish va himoya vositalarini, niqoblar, qo’lqoplar va himoya kostyumlarini tarqatish uchun sarflanadi.